U hech qayoqqa ketmaydi!

  • 1 iyun, 2021, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoadan ketish istagini bildirgan Maurisio Pochettinoning amaldagi shartnomasini avtomatik tarzda bir yilga uzaytirib qo‘ydi.

Argentinalik mutaxassis PSJni tark etmoqchiligini bildirganidan keyin unga “Tottenxem” va “Real”da ishlash variantlari taqdim qilindi. Biroq, parijliklar bosh murabbiyni olib qolishga qaror qildi.

Endi Pochettinoning shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi va uni o‘ziga taklif qilmoqchi bo‘lgan klub kattagina kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

- Pochettinoning PSJ bilan yana ikki yillik shartnomasi bor va biz uning ishidan qoniqyapmiz, - dedi Parij superklubi sport direktori Leonardo.

Yakunlangan mavsumda PSJ futbolchilari Pochettino boshchiligida Frantsiya kubogida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!