
U “Manchester Yunayted” darajasidagi futbolchi emas!
“Manchester Yunayted” v Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hujumkor futbolchi Deniel Jeymsning “Lids”ga o‘tganiga munosabat bildirdi.
- “Lids” anchadan beri bu yigitni olish istagida uni kuzatib yurgan edi. Jeyms premer-ligada o‘ynashga loyiq futbolchi, lekin “Manchester Yunayted” darajasida emas. “Lids”ning o‘yin uslubini inobatga olsak, Jeyms boshqa jamoalarga muammo tug‘dira oladi. U yangi jamoasida to‘pni olishi bilan, katta tezlikda hujumga o‘tish imkoniga ega. “Manchester Yunayted”ning o‘yin uslubi uning bunday o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasdi, unga ko‘proq bo‘sh zona kerak, - dedi Rio Ferdinand.
Deniel Jeyms “Manchester Yunayted” tarkibiga 2019 yili qo‘shilgandi. Jamoada safida barcha turnirlarda jami 74 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga to‘qqizta gol urdi.
Fikrlar