
U “Real”ga qaytmaydi!
“Milan” mutasaddilari “Real”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Braim Diasni Madridga qaytarmoqchi emas. Bu xaqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, iste’dodli futbolchi kelasi mavsum oxirigacha Italiya jamoasida ijara asosida to‘p tepishi lozim. Biroq milanliklar o‘yinchining mahoratiga tan bergan holda, uning transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi.
Braim Diasning ayni paytdagi transfer summasi 22 million evroni tashkil qilmoqda.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rttadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar