U shifoxonaga tushdi! "Inter" "Siti"dan kelgan yulduz bo‘yicha bayonot berdi

  • 17.09.2026 23:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» klubi 4-tur doirasida «Udineze»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan himoyachi Jon Stounzning ahvoli bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. A Seriya doirasida o‘tgan gollarga boy bellashuvda milanliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Klub xabariga ko‘ra, uchrashuvdan keyin tongda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari futbolchining chap son qismidagi mushaklarida jarohat borligini ko‘rsatgan. 

«Inter» mutaxassislari hozircha aniq muddat aytmasdan turibdi, yaqin kunlarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Italiyalik jurnalistlar tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, Stounz kamida to‘rt hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Agar bu bashorat tasdiqlansa, himoyachi navbatdagi chempionat uchrashuvi — «Roma»ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi ehtimoldan holi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!