
U Sulsherning ishonchini yo‘qotdi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Jessi Lingard yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra 27 yoshli angliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning ishonchini yo‘qotgani bois mankunianliklar uni sotib yuborishmoqchi.
MYu mavsumlar oralig‘ida “Borussiya” Dortmunddan Jeydon Sanchoni, “Aston Villa”dan Jek Grilishni va “Lester”dan Jeyms Meddisonni sotib olmoqchi.
Lingard ayni damda agenti Mino Rayolaga o‘zi uchun yangi jamoa topishni buyurgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lingard joriy mavsum APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar