“U tayyor emas!”. Alamli mag‘lubiyatdan keyin murabbiy Ronaldu haqida gapirdi
Anglimya premer-ligasining birinchi turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida liga o‘rtamiyonalaridan “Brayton”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ilk rasmiy uchrashuvida mag‘lubiyat alamini toib ko‘rgan niderlandiyalik Erik ten Xag o‘yin va futbolchilar haqida fikr bildirdi.
- Ronaldu jamoa bilan atigi o‘n kun shug‘ullandi. Bu maydonda to‘liq o‘ynash uchun juda kam. Bugungi o‘yin omadsiz va juda qayg‘uli bo‘li. Qiyin bo‘lishini oldindan bilardim. O‘yinni tashkil qila olmadik.
Bellashuvning ikkinchi yarmida Eriksen maydon markazida, Ronaldu oldingi chiziqda o‘yinni biroz kuchaytirgandek bo‘ldi. Markus Reshford ikkita vaziyatni barbod qildi. Biz umuman gol ura olmadik.
Men juda noroziman. Keraksiz joyda yutqazdik. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz shart. Biz to‘p nazoratida, himoyani tashkil qilishda katta xatolarga yo‘l qo‘ydik. Endi xatolar ustida jiddiyroq ishlaymiz. Tarkibimizdagi o‘yinchilar bilan ko‘proq narsalarga erishishimiz mumkin edi, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar