Uch karra "Oltin to‘p" sohibining uyiga o‘g‘ri tushdi

  • 19 iyul, 14:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq futbolchi Mishel Platinining uyida o‘g‘rilik sodir etildi.

Tecno

RTL xabariga ko‘ra, juma kuni "Yuventus" klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kasissedagi uyida tonggi soat 5:30 da bog‘dagi shovqinni eshitib uyg‘ongan. U derazadan qarab, qora kiyim va qalpoq kiygan odamni ko‘rdi, jinoyatchi UEFAning sobiq prezidentini ko‘rib, darhol qochib ketgan.

Platini uyni ko‘zdan kechirib, alohida uyda saqlanayotgan sovrinlar, kuboklar va medallar yo‘qolganini aniqladi. Manbaga ko‘ra, jami yigirmaga yaqin buyum o‘g‘irlangan.

Zararning umumiy miqdori hali baholanmagan. Buzib kirish orqali o‘g‘irlik qilish bo‘yicha tergov boshlandi. Platinining o‘zi jabrlanmagan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!