Uch nafar hamyurtimiz Matchroom ning "yilning eng yaxshi bokschisi" nominatsiyada da’vogarlik qilmoqda

  • 28 dekabr, 2024, 22:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks olamidagi taniqli promouterlik kompaniyalaridan biri Matchroom o‘z bokschilari orasida 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlamoqda.

Tecno

Ahamiyatlisi, unda 2023 yilda bo‘lgani kabi uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi - Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliev hamda Shahram G‘iyosov "yilning eng yaxshi bokschisi" nominatsiyada da’vogarlik qilmoqda.

Ovoz berish jarayoni Matchroom rasmiy saytida o‘tkazilmoqda. Ovoz berish 6 yanvar kuni yakuniga etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Matchroom mijozlari hisoblanuvchi Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov 2024 yil davomida ikkitadan jang o‘tkazdi. Murodjon Ahmadaliev esa yakunlanayotgan yilda bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ma’lum qildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!