"Uchar gollandlar" Qatarga boradi, Turkiyada esa mundialga chiqish uchun umid bor

  • 17 noyabr, 2021, 02:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

O‘z maydonida Norvegiyani qabul qilgan "uchar gollandlar" so‘nggi hal qiluvchi turda Stiven Bergvey va Memfis Depayning gollari evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Ushbu natijadan so‘ng Niderlandiya ochkolari sonini 23 taga etkazib olib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 



Chernogoriyaga qarshi maydonga chiqqan turklar ham bu turda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

O‘z guruhida Niderlandiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Turkiya endi Jahon Chempionati yo‘llanmasi uchun pley-offda ishtirok etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!