UEFA Evro-2020 final bosqich chiptalari uchun rekord darajada ariza oldi
UEFAga Evro-2020ning final bosqich uchrashuvlariga chipta olish uchun hozirga qadar 19,3 millionta ariza kelib tushdi.
E’tiborlisi, bu ko‘rsatgich musobaqa tarixida rekord sifatida qayd etildi. Bu Evro-2016ga nisbatan deyarli ikki barobarga ko‘p deganidir.
Londonda bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvini tomosha qilish istagini bildirgan muxlislar 1,9 milliontani tashki etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 tarixda ilk bor Evropaning 11ta mamlakatidagi 12ta shaharda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar