UEFA evrokuboklar reglamentiga o‘zgartirish kiritdi. Nimalar o‘zgardi?

  • 04.08.2020 23:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA o‘zining rasmiy saytida Chempionlar ligasi va Evropa ligasining 2019/20 yilgi mavsum reglamentida o‘zgarish yuz berganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, musobaqalarning 1/8 final bosqich o‘yinlaridan so‘ng futbolchilarning sariq kartochkalari avtomatik tarzda kuyib ketadi va chorak finalga o‘tmaydi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli to‘xtatilgan evrokuboklar markazlashgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Jumladan, Chempionlar ligasi Portugaliyada (Lissabon), Evropa ligasi esa Germaniyada (Kyoln, Lissabon, Gelzenkirxen, Duysburg) o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!