UEFA evrokuboklarning qolgan qismini yangi formatda o‘tkazmoqchi

  • 19 may, 2020, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA ijroqo‘mi 17 iyun kuni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan evrokuboklarni qanday davom ettirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, UEFA Chempionlar ligasining chorak finaldan boshlab bellashuvlarni bittadan o‘yindan iborat tarzda, yarim final va final o‘yinlarini esa bitta shaharda, ya’ni Istanbulda o‘tkazmoqchi.

Evropa ligasida ham mavsum aynan shu tartibda yakunlanishi aytilmoqda.

UEFA Chempionlar ligasini 8 avgustdan, Evropa ligasini esa 6 avgustdan boshlab davom ettirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!