
UEFA nega "Feyenoord"dan uzr so‘radi?
UEFA Konferentsiyalar ligasi finaliga chiptalar allaqachon sotilib bo‘lgan, biroq bu final uchrashuvini stadiondan tomosha qilish istagidagi muxlislarning talabini qanoatlantira olmadi.
Hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etadigan “Feyenoord” klubi rasmiy saytidagi bayonotga ko‘ra, UEFA chiptalar bilan yuz bergan xatolik, ya’ni klub muxlislarining finalga chipta sotib olish imkoniyati qolmagani uchun uzr so‘ragan.
"UEFA bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "Feyenoord"ga Konferentsiyalar ligasi finali uchun qo‘shimcha chiptalar sotilmasligini ma’lum qildi, chunki ushbu o‘yinga chiqarilgan barcha chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan.
Ushbu suhbat davomida Evropa futbol assotsiatsiyasi kecha tashkilot veb-saytida mavjud 8500 ta chiptaning sotuvi boshlanish avval belgilanganidek 12:00 da emas, balki soat 14:00 da boshlangani uchun uzr so‘radi.
Oqibatda muxlislarimiz chiptalar sotuvida ishtirok eta olmadi va biz zudlik bilan UEFAga sotuv tartibini tiklashni talab qilib, shikoyat qildik.
Biroq, UEFA hech qanday muammo yo‘qligini aytdi, chunki bu birinchi navbatda mezbon mamlakat va uning fuqarolariga qaratilgan ongli jarayondir.
UEFA ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar sotish jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lgani. Chunki yakunda chiptalarning 89 foizi Albaniya fuqarolari tomonidan, 11 foizi esa boshqa 20 mamlakat fuqarolaridan xarid qilingan.
Natijada, bu final uchrashuviga "Feyenoord" muxlislaridan ko‘ra "Roma" muxlislari ko‘proq chiptalar sotib olishga muvaffaq bo‘lishdi", - deyiladi Niderlandiya grandi bergan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” hamda “Feyenoord” jamoalari o‘rtasidagi Konferentsiyalar ligasi finali 25 may kuni Albaniya poytaxti Tirana shahridagi “Arena Kombetare” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 21 ming 690 nafar muxlisni sig‘dira oladi.
Fikrlar