UEFA "Real", "Barselona" va "Yuventus"ning EChLdagi o‘rnini qaysi klublarga beradi?

  • 26 may, 2021, 13:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA hali ham Evropa Superligasi g‘oyasidan voz kechmayotgan "Real", "Barselona" va "Yuventus"ni yangi mavsumda Chempionlar ligasidan chetlatmoqchi.

Tecno

COPE nashrining xabar berishicha, UEFA yuqoridagi klublarning EChLdagi o‘rnini egallaydigan jamoalarni ham aniqlab qo‘ygan. Agar u holat yuz bersa, “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ning o‘rniga Chempionlar ligasida "Real Sosedad", "Betis" va "Napoli" ishtirok etishi mumkin. Ushbu klublar joriy mavsum La Ligada 5- va 6-o‘rinlarni, “Napoli” esa A Seriyada 5-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari UEFA "Yuventus", "Barselona" va "Real" klublarini katta miqdorda jarimaga tortmoqchi. Xabar qilinishicha, klublar bunday qarorga rozi emas va bu borada Sport arbitraj sudiga UEFA ustidan arz qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, barbod bo‘lgan Evropa Superligasi g‘oyasi “Real” prezidenti Florentino Peres hamda “Yuventus” prezidenti Andre Anelli tomonidan o‘ylab topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!