
UEFA Ronalduni Chempionlar ligasiga qaytarmoqchi
Evropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi – (UEFA) Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasini “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasiga qo‘shish ustida ish olib bormoqda.
Report nashrining xabariga ko‘ra, UEFA mutasaddilari Krishtianu Ronalduni transfer qilganidan keyin “An-Nasr”ning jahon futbolidagi ommaviyligi keskin oshib borayotganini inobatga olib, bu jamoani nufuzli turnirga qo‘shishi mumkin.
Chempionlar ligasining formati 2024 yildan o‘zgaradi. Uning guruh bosqichida qatnashib kelgan jamoalar soni 24 tadan 36 taga oshiriladi. Guruh bosqichi o‘rniga bir davrali tizim yo‘lga qo‘yiladi. Har bir jamoa o‘nta raqib bilan bittadan bahsda kuch sinashadi. Ishtirokchilar beshta o‘yinni o‘z maydonida, qolgan beshtasini raqib jamoa arenasida o‘tkazadi.
Krishtianu Ronaldu Evropa klublari transfer siyosatida keskin burilish yasadi. Portugaliyalik yulduz arab futboliga yo‘l ochdi. Bugungi kunda Evropaning nomdor o‘yinchilari va mashhur murabbiylar arab klublarida faoliyat yuritishga intilmoqda.
Fikrlar
Ахир улар Европа , Ан Наср Осиёда нега улар АнНасрни европада у́йнатади Осиё Нима керакмасми???????