"Ufa" murabbiyi Oston O‘runov haqida gapirdi
"Ufa" bosh murabbiyi Aleksey Stukalov Rossiya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Ural"ga qarshi o‘yindan keyin boshqirdistonliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov haqida fikr bildirdi.
"Hozirda Urunov 45-60 daqiqa o‘yin o‘tkazishga tayyor. Oston o‘zining faolligi bilan ko‘plab vaziyatlar yaratdi va raqibga katta bosim o‘tkazdi, aynan biz undan so‘raganimizdek", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, O‘runov "Ural"ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida maydonga tushgandi.
Fikrlar