Ufa o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qiladi
Sport kurashlari bo‘yicha 2021 yil bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini Rossiyaning Ufa shahri qo‘lga kiritdi. Nur-Sultan shahrida bo‘lib o‘tgan UWW yig‘ilishida bunga aniqlik kiritildi. Ushbu turnirni o‘tkazish uchun Rossiya shahri bilan Bolgariyaning Sofiya hamda Serbiya poytaxti Belgradlar kurash olib bordi. Bu haqda UWW-Europe vitse- prezidenti Georgiy Bryusovning matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar