
"UFC 309" kardi yana bir ajoyib jang bilan boyidi
O‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Bo Nikal(6-0) "UFC 309" turnirida shotlandiyalik faxriy Pol Kreyg(17-8-1)ga qarshi jang qiladi.
Nikal o‘zining avvalgi jangini shu yilning aprel oyida "UFC 300" da o‘tkazgan va ikkinchi raundda Kodi Brandeydjni sabmishshin orqali mag‘lub etgandi. Kreygga kelsak, u shu yilning may oyida so‘nggi jangini o‘tkazgan va unda braziliyalik umidli jangchi Kayo Borrallodan ikkinchi raundda nokautga uchragan edi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 309" turniri 16 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar