
"UFC 321" turnirida yana bir super jang o‘tkazilishi mumkin
25 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida "UFC 321" turniri bo‘lib o‘tadi.
Bugun rossiyalik taniqli MMA ustasi Umar Nurmagomedov unda ishtirok etishini aytib o‘tdi.
"Menejerim menga qo‘ng‘iroq qilib, Abu-Dabida jang taklif qildi. Shundan so‘ng, jamoa bilan maslahatlashib, ushbu taklifga rozi bo‘ldik. Ochig‘i, bu menga ham yoqdi. BAAda muxlislarim ko‘proq. Raqibim kelsak, u tez orada ma’lum bo‘ladi", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 321" ning markaziy to‘qnashuvida Tom Aspinall va Siril Gan o‘zaro kurash olib borishi rejalashtirilgan.
Fikrlar