"UFC 323" turnirining sanasi va joyi rasman e’lon qilindi

  • 11.10.2025 16:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikaning yirik jangovar promousheni - UFC 323-raqamli turnirning ba’zi tafsilotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "UFC 323" turniri 7 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda super engil vazn (−57 kg) chempioni Aleksandr Pantoja amerikalik Joshua Vanga qarshi o‘z kamarini himoya qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, italiyalik Marvin Vettori braziliyalik Bruno Ferreira bilan oktagonga chiqadi.

Shuningdek, sobiq chempioni Brendon Moreno yaponiyalik Tatsuro Tayra bilan to‘qnash kelishi  belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!