UFC chempioni filmda suratga tushadi !

  • 25.10.2024 16:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra aktrisa Adria Arjoa bilan birgalikda "Hujum" filmida ishtirok etadi. 

"Aleks ushbu filmda bosh rolni ijro qiladi. Loyiha rejissyori Adam Vingard  va stsenarist Saymon Barret o‘zaro hamkorlikda ishlashadi. Film tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda", - deya malum qildi "Hollywood Reporter".

Eslatib o‘tamiz, Saymon Barret "Godzilla va Kong: Yangi Imperiya" filmining stsenaristi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!