
UFC dan haydalgan jangchi PFL bilan shartnoma imzoladi
Amerikalik jangchi Espen Ledd UFCdan PFLga o‘tganini e’lon qildi.
“PFL menga imkon bergani uchun juda ham minnatdorman. Menga jangchining mavsumda ko‘rsatgan iqtidori va xizmatlariga tayangan holda ko‘tariladigan format yoqadi.
Men esa o‘zimni dunyoning eng kuchli engil vazn toifasida sinab ko‘rishni sabrsizlik bilan kutyapman”, - dedi Ledd.
Ma’lumot uchun, Ledd UFC doirasida oltita jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, UFC ikki marta jangni bekor qilgani uchun Ledd bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Fikrlar