
"UFC Fight Night 222" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Bugun tongda Las -Vegasda "UFC Fight Night 222" turniri tashkil etiladi. Markaziy jangda rossiyalik og‘ir vazn toifasi vakili Sergey Pavlovich g‘alabali odimini davom ettirgan holda, Kyortis Bleydsni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, ajoyib janglarning guvohiga aylandik. Quyida, to‘liq natijalar bilan tanishishingiz mumkin!
Asosiy kard:
Sergey Pavlovich — Kyortis Bleyds - Pavlovich 1-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Bred Tavares — Bruno Silva - jang 1-raundda Silvaning texnik nokauti evaziga yakunlandi.
Jared Gordon — Bobbi Grin - Jang texnik durang bilan yakunlandi. Ya’ni, jang natijasi bekor qilindi.
Yasmin Lusindo — Brogan Uoker - Lusindo hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Jeremayya Uells — Mettyu Semelsberger - Uells ochkolarga ko‘ra, zafar quchdi.
Prelim kard:
Martin Dey — Rik Glenn - Dey 1-raundda nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Montel Jekson — Rani Yaxya - Jekson 1-raundda nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Karol Rosa — Norma Dyumon - Dyumon ochkolarga ko‘ra, zafar quchdi.
Muhammad Usman — Junior Tafa - Usman hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Frensis Marshall — Uillyam Gomis - Hakamlarning qaroriga ko‘ra, Gomis g‘alabaga erishdi.
Bredi Xishtand — Danaa Batgerel - Xishtand 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Fikrlar