
"UFC Fight Night 244" turnirining bonus egalari ma’lum bo‘ldi. Ular orasida Ramazon Temirov bormi?
AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 244" turniri o‘tkazildi. Musobaqadan so‘ng UFC matbuot xizmati 4 nafar bonus egalarini ma’lum qildi.
Etiborlisi, mazkur ro‘yxatdan Kleyton Karpenter, Brendon Royval, Tatsuro Taira qatori hamyurtimiz Ramazon Temirov ham o‘rin oldi. Ushbu jangchilarga qo‘shimcha bonus sifatida 50 ming dollar miqdorda mukofot pullari beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Temirov mazkur turnirda UFC dagi debyut jangini o‘tkazdi.
Fikrlar