
UFC jangchilarimizdan biri Saidyoqub Qahramonov yana oktagonga qaytmoqda. Ehtimoliy raqiblarni tahlil qilamiz
So‘nggi kunlardagi yana bitta kichik e’lon hammaga yoqib tushdi. Saidyoqub Qahramonov navbatdagi jangini 17 dekabr sanasidagi turnirda o‘tkazishini bildirdi. Ha, biz ham uning ketish haqidagi mish-mishlari yakuniga etgani va yana ishga qaytganidan xursandmiz. Ammo, raqib kim ekan degan savollaga Saidyoqubning o‘zi ham tayinli javob bermadi. Shu tariqa SPORTS.UZ jamoasi kichik bir izlanishlar olib borgan holda bir qancha taxminlar orqali bo‘lg‘usi raqibni tahmin qilib ko‘rdik.
1. Djavid Bashorat (13-0)
O‘tgan yili Dana White Contender Series‘da shov-shuv ko‘tarishga va "terrorist" deb atagan raqibiga aslida sifatli jangchi ekanini namoyish qilgan afg‘on jangchisi ro‘yxatimizning yuqori o‘rnida. Djavid bilan Saidyoqub ham ancha san-manga borib qolgani sir emas. Ustiga-ustak anchagina tajribali ushbu jangchi ham xuddi hamyurtimiz kabi janglarni ishonchli tarzda o‘z hisobiga yozdirib qo‘ymoqda.
2. Deyvi Grant (12-6)
Vaqtida anchagina umidlar bilan The Ultimate Fighter shousining 18- mavsumiga jalb qilingan va britaniya bozoriga kirishda benazir yordam ko‘rsata oladi deya taxmin qilingan jangchi. So‘nggi paytlarda yaqqol kayfiyat jangchisi va haminqadar potentsial sohibi ekanligi ravshanlashmoqda. Ancha vaqtdan beri promoushen sharafini himoya qilib kelayotgani va Marlon Vera, Luis Smolka kabi jangchilarni yutganini e’tirof etsak, Qahramonov uchun faoliyatining aynan shu nuqtasida ushbu jangchi bilan oktagonni bo‘lishish anchagina tajriba maktabi bo‘la olardi.
3. Kris Guterrez (18-3-2)
Navbatdagi yaqqol boshog‘riq bo‘lishi kutilayotgan raqib. Albatta, uning etti jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyada ketayotgani (6 g‘alaba, 1 durang) bu jang anchagina masalalarda orani ochiq qilib olish uchun etarli sabablarni topib berishini namoyon qilmoqda. Shuningdek, bu jangchining UFC‘ga kelmasidan oldin Djimmi Flik, Timur Valiev, Aaron Fillips kabi jangchilarni enggani g‘alaba raqibga yaxshigina rezyume taqdim qilishini anglatmoqda.
4. Kodi Stemann (20-5-1)
Ro‘yxatdagi eng fenomenal variantlardan biri. Vaqtida deyarli birinchi engil vazn titul darajasiga etib bora olgan va vaqtida Alexandro Perez, Brayan Keyruey kabi top-10 jangchilarini yutgan "Spartan" so‘nggi vaqtlarda stabillik etishmasliki sababli piyodalar o‘tish yo‘lagi sfetofori kabi rekord qayd etmoqda. Bu jangchini yutish orqali esa bemalol top-15 qadamlarni jadallashtirish mumkin.
5. Adrien Yanez (16-3)
Va, imkon qadar bo‘lsa aytish mumkinki, ro‘yxatdagi haqiqiy dream opponent! Adrien Yanez - Dana White‘s Contender Series orqali tanilgan va o‘z vazn toifaisiga nisbatan anchagina kuchli bombalarga ega jangchi. 9 ta jangdan iborat g‘alabali seriya va shu janglarida 7 ta nokaut qayd etgan stoyka sohibi bilan jang har qanday faoliyat uchun "tort ustidagi olcha" bo‘la oladi. Ammo, ijtimoiy tarmoqda Qahramonov raqib bu jangchi emasligini ta’kidlagan bo‘lsada, yaqin kelajakda ular to‘qnash kelishi ehtimoli yo‘q emas. Qolgani, matchmeyker va jangchilar qo‘lida.
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz hamyurtimiz g‘alaba qozonishini va o‘zbek nomini UFC oktagoni uzra yoyishda davom etishini xohlaymiz!
Mahmudjon Jabborov tayyorladi
Fikrlar