
UFC jangchisi ukasi uchun revansh olmoqchi
Aka-ukalarning to‘ng‘ichi Nik Dias Nyu-Yorkdagi UFC 244 da Neyt Diac ustidan g‘alaba qozongan Xorxe Masvidal bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
" Masvidal, UFC, muxlislarga ko‘rishni istagan narsalarini bering", - deb yozdi katta Dias o‘zining instagram dagi sahifasida.
O‘z o‘rnida Masvidal ham bu chorlovga javob berdi.
"Bu sharaf bo‘lar edi. Men ushbu jang bo‘lishining yuz foiz tarafdoriman”,-dedi Masvidal.
Xorxe Masvidal va Nik Dias o‘rtasidagi jang shu yilning bahorida Las-Vegasdagi UFC 235 da bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo jang e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Dana Uayt Dias bunga tayyorlanmagani uchun jang bekor qilinganini ma’lum qilgandi.
Fikrlar