
UFC Masvidalni Kamaru Usmanga qarshi jang qilishga qanday ko‘ndirdi?
Xorxe Masvidal o‘zi istagan narsani olmagan bo‘lsa-da, UFC bilan kelishib oldi. Gilbert Byornsda koronavirus alomatlari topilganligi uchun Masvidal shanba kuni Abu-Dabining Yas orolida tashkil etilayotgan “UFC 251” turnirining markaziy jangida yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmon bilan jang qilishga rozi bo‘ldi. Vaholanki, uning oldida jangga tayyorgarlik uchun 6 kun vaqt bor edi xolos.
Aslida, Masvidal (35-13 MMA, 12-6 UFC), Usmanga qarshi jang qilishi uchun birinchi raqamli da’vogar edi. Biroq, UFC bilan kelishmovchilik tufayli, uning o‘rnini Byorns egallagandi. Xorxeni ta’kidlashicha Byorns bilan bo‘lgan voqelikdan so‘ng, UFC unga qo‘ng‘iroq qilib, yaxshiroq shartnoma taklif qilgan.
“Istagimga erisha olmadim. Lekin unga juda yaqinlashdim. Men hammadan ham baxtiyorman, chunki Usmanni yuzini bejayman va bu uchun juda yaxshi mablag‘ olaman. Endi, shunchaki kichik gonorar uchun jang qilmayman. Bu kundan boshlab, o‘zimga yarasha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ uchun oktagonga chiqaman”, - dedi Masvidal ESPN bilan bo‘lgan intervyuda.
Avvalroq, Masvidal UFC o‘z jangchilariga kam pul to‘lashini aytib, gonorar miqdorini oshirishini talab qilib chiqqan edi. Aks holda u promoushendan ketishini ham bildirgandi. Shu tufayli u va Dana Uayt o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgandi.
Fikrlar