UFC ning sobiq jangchisi: "Habib chempionlik kamarini qo‘lga kiritishdan oldin..."

  • 8 fevral, 2024, 12:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

UFC ning sobiq jangchisi Jeyk Shilds promoushenning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning kamtarligi haqida gapirdi. Shildsning so‘zlariga ko‘ra, Xabib chempionlik kamarini qo‘lga kiritishdan oldin tom ma’noda sport zalida gilamchalarni yuvgan.

San-Xoseda Xabib bilan mashg‘ulot o‘tkazganimda, u ko‘pincha sport zalida gilamlarni yuvadigan yigit edi. Odatda yangi boshlaganlar shunday ishlarni bajaradi. Bu uning chempionlikni qo‘lga kiritishidan oldin sodir bo‘lgan. Lekin ishonchim komilki, Xabib UFC chempioni bo‘lganidan so‘ng ham buni davom ettirdi. Bu bilan u o‘zini jamoadoshlaridan ustun his qilmay, ajoyib o‘rnak ko‘rsatdi”.

Eslatib o‘tamiz, Habib faoliyatini 2020 yil oktabr oyida yakunlagan edi. Uning professional rekordi 29:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!