"UFC on ABC 5" turniri Markaziy Osiyoliklar uchun omadsiz bo‘ldi yoxud to‘liq natijalar bilan tanishing!

  • 25.06.2023 11:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erta tongda Jeksonvill (Florida, AQSh ) shahrida “UFC on ABC 5” turniri tashkil etildi. Markaziy jang yarim engil vazn (65.8 kg) toifasi vakillari Iliya Topuriya va Josh Emmet o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Topuriya g‘alaba qozondi. Shuningdek, bir qator qiziqarli janglar bo‘lib o‘tdi.

Quyida, to‘liq natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy kard:

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Josh Emmett (AQSh) — Iliya Topuriya (Ispaniya)- Topuriya hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

Super engil vazn (56,7 kg, Ayollar)

Amanda Ribas (Braziliya) —Meysi Barber (AQSh)- Barber 2- raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.

O‘rta vazn (83.9 kg)

Brendan Allen (AQSh) — Bruno Silva (Braziliya) - Allen 1- raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)

Nil Magni (AQSh)— Filip Rou (AQSh) - Magni ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

Og‘ir vazn (120,2 kg)

Ostin Leyn (AQSh) — Jastin Tafa (Avstraliya) - Jarohat sababli bu jang natijasi bekor qilindi.

Prelim kard:

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Devid Onama (Uganda) — Gabriel Santos (Braziliya) - Onama 2- raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)

Rendi Braun (Yamayka) — Vellington Turman (Braziliya) - Braun ochkolarga ko‘ra zafar quchdi.

Engil vazn (70.3 kg)

 Mateush Rebetski (Polsha)— Loik Radjabov (Tojikiston)- Rebetski 2 -raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.

Minimal vazn (52,2 kg, Ayollar)

Tabata Richchi (Braziliya) — Jillian Robertson (Kanada) - Richchi ochkolarga ko‘ra zafar quchdi.

Engil vazn (70,3 kg)

Trevor Pik (AQSh) — Xose Mariskal (AQSh) - Mariskal hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alabaga erishdi.

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Jamall Emmers (AQSh) — Jek Jenkins (Avstraliya) - Jenkins ochkolarga ko‘ra, zafar quchdi.

Super engil vazn (56,7 kg)

Jalgas Jumagulov ( Qozog‘iston) - Joshua Van ( Myanma) - Van ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozondi.

O‘rta vazn (83,9 kg)

Kodi Brandayj ( AQSh) - Sedrik Dumas (AQSh) - Dumas ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!