"UFC on ESPN 11" turnirining to‘liq natijalari bilan tanishing!
Bir necha soatlar avval Las- Vegasda "UFC on ESPN 11" turniri o‘z yakuniga etdi. Uning markaziy jangida og‘ir vazn toifasidagi rossiyalik Aleksandr Volkov (31-8) hamda AQSh vakili Kyortis Bleyds (14-2-1) o‘zaro to‘qnash keldi. Jang to‘liq davom etib, yakunda Bleyds ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Qolgan janglarda esa, quyidagi natijalar qayd etildi.
Josh Emmet & Sheyn Burgos – ochkolar hisobida Emmet g‘alaba qozondi.
Rakel Pennington & Marion Reno – hakamlar qaroriga ko‘ra Pennington zafar quchdi.
Bilol Muhammad & Layman – ochkolar bo‘yicha g‘alaba Bilol hisobiga yozildi.
Jim Miller & Ruzvelt Roberts – Miller 1 raundda og‘riqli uslub (armbar) evaziga g‘alaba qozondi.
Bobbi Grin & Kley Guid – ochkolar hisobiga Grin g‘olib chiqdi.
Tisha Torres & Brianna Van Byuren – ochkolar natijasiga ko‘ra, Torres zafar quchdi.
Mark Andre-Bario & Oskar Pexota – 2-raundda Mark texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishdi.
Jillian Robertson & Kortni Keysi – 3-raundda Robertson “sabmishn” (bo‘g‘ish) uslubi bilan g‘olib chiqdi.
Jastin Jeyns & Frenk Kamacho - 1-raundda Jastin texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi
Loren Merfi & Roksann Modafferi - ochkolar evaziga Merfi zafar quchdi.
Ostin Xabbard & Maks Roshkof - 2-raundda Ostin texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Fikrlar