
UFC promousheni 375 million dollar jarimaga tortildi
2014 yil Chung Le, Neyt Kuori va yana bir nechta sportchilar tomonidan UFC ga nisbatan ko‘plab qator da’volar qo‘zg‘atilgandi. Ular UFC ning MMA jangchilari bozorida monopoliya kuchini saqlash va sportchilarning to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar edi. Avvaliga sud promoushenga 335 million dollar miqdorda jarima solgandi. Ammo kuni kecha sudya Richard Buluer oxirgi surishtiruvlardan so‘ng UFC dan jami 375 million dollar undirilishini tasdiqladi.
Shuning bilan, o‘n yil davom etgan sud ishi yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, promoushen navbatdagi turniri - "UFC 308" ni 26 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkazadi.
Fikrlar