UFC ga bir qadam... Hamyurtimiz AQShda oktagonga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, oʻzbekistonlik 24 yoshli aralash yakkakurash ustasi Kamronbek Ortiqov Amerika Qoʻshma Shtatlarida xitoylik taniqli UFC jangchisi Song Yadong va UFC faxriysi Yurayya Feyber bilan mashgʻulot olib borayotgan edi.
Bugun hamyurtimiz oʻzining Instagram sahifasiga joylagan postida keyingi jangi haqida maʼlum qildi.
Unga koʻra, Ortiqov 12 fevral kuni AQShning Kosta-Mesa shahrida oʻtkaziladigan "Fight Club OC" turnirida oktagonga koʻtariladi. Oʻsha oqshom Kamronbekka Gruziya vakili Nika Sabanashvili raqiblik qilishi belgilangan.
Qayd etish joiz, kichik bir qishloqdan chiqqan iqtidor egasi Kamronbek Ortiqov jonkuya va mehnatsevarligi bilan tanilgan murabbiy Doniyorbek Roʻzievning shogirdi sanaladi.
Fikrlar