
"UFC Vegas 49" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Bugun tongda AQShning Las-Vegas shahri "UFC Vegas 49" turniriga mezbonlik qildi. Markaziy jang engil vazn (70.3 kg) toifasida bo‘lib, unda chempionlikka da’vogarlardan biri rossiyalik Islam Maxachev AQSh vakili Bobbi Grin bilan to‘qnash keldi. Ushbu qarama-qarshilik 1-raundning o‘zidayoq yakuniga etdi. Jangda katta ustunlik bilan harakat qilgan Maxachev texnik nokaut bilan raqibini mag‘lub etdi.
Shuningdek, yana bir qator shiddatli o‘tgan janglarning guvohiga aylandik. Quyida, barcha natijalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Asosiy kard:
Vellington Turman (Braziliya) - Mishu Tsirkunov (Latviya) - Turman 2-raundda "armbar" uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Pristsila Kachoeyra (Braziliya) - Ji Yon Kim (Janubiy Koreya) - Kachoeyra ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) g‘alaba qozondi.
Arman Tsarukyan (Armaniston) - Yoelya Alvares (Ispaniya) - Tsarukyan 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Armen Petrosyan (Armaniston) - Gregori Rodriges (Braziliya) - Petrosyan ochkolarga ko‘ra (29-28, 28-29, 30-27) g‘olib chiqdi.
Prelim kard:
Ignasio Baxamondes (Chili) - Ju Rong (Xitoy) - Baxomandes 3-raundda "gilotina" uslubi bilan zafar quchdi.
Joziane Nunes (Braziliya) - Ramonu Paskual (Filippin) - Nunes ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-26) g‘alaba qozondi.
Terrens Makkinni (AQSh) - Faresa Ziam (Frantsiya) – Makkini 1-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘olib chiqdi.
Jonatan Martines - Alexandro Peres - Martines ochkolar hisobida (29-28, 29-28, 30-27) g‘olib chiqdi.
Ramiz Braximaj (AQSh) - Maykla Gillmor (AQSh)- Braximaj 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan muvaffaqiyatga erishdi
Karlos Ernandes (AQSh) - Viktora Altamirano (AQSh) - Ernandes hakamlar qaroriga ko‘ra (28-29, 30-27, 29-28) zafar quchdi.
Fikrlar