UFC sobiq chempioni faoliyatini yakunlamoqchi
UFC ning sobiq chempioni Brok Lesnar professional sportdan ketishini e’lon qildi.
"Bugun butun dunyoga, barcha muxlislarimga bir narsani aytmoqchiman: men sportchi sifatidagi faoliyatimni yakunlayapman. Hammaга katta rahmat. O‘tgan shanba men uchun juda yoqimsiz o‘tdi. O‘zimni g‘alati his qildim, chunki... Oba Femi meni "Wrestle Mania" turnirida shunday uloqtirdiki, men buni yana bir bor boshdan kechira olmayman. Endi hammasi tamom. Men faoliyatimni tugatdim", — dedi Lesnar.
Eslatib o‘tamiz, Brok 2008-2010 yillarda og‘ir vaznda UFC chempioni bo‘lgan.

Fikrlar