UFS bo‘lajak yulduzining Xabib va Fergyuson jangi g‘olibi borasidagi taxmini qanday?
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan Toni Fergyusonning engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov bilan jangi borasida o‘z fikrini bildirdi.
"Menimcha, Xabib ushbu jangda g‘alaba qozonadi, Fergyusonda ham bu jangda g‘alaba qozonish imkoniyatlari bor. Lekin Xabib jismonan baquvvat va u jangni ajoyib nazorat qila oladi.
Fergyuson xavfli raqib, har qanday holatda ham uni kamsitish fikridan yiroqman. Shunday bo‘lsada, Xabib bu jangda g‘alaba qozonadi, eng muhimi, bu ro‘y beradi.
Asosiysi, bu jangga qadar ular sog‘lom bo‘lishlari kerak ”, - deydi Yang.
Eslatib o‘tamiz: Xabib va Fergyuson o‘rtasidagi jang 18 aprel kuni Nyu-Yorkdagi UFC 249da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar