
Ukraina o‘z tarixida ilk bor Evropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqdi
Ukraina terma jamoasi “Evro-2020”ning 1/8 finaliga chiqdi.
Andrey Shevchenko shogirdlari guruhda 3-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Aniqrog‘i, endi ukrainaliklar guruhlarda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar reytingida to‘rtinchi qatordan pastga tushmaydi.
Ispaniya Slovakiya ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongani va Shvetsiya Polshani 3:2 hisobida mag‘lub etgach, Ukraina terma jamoasining imkoniyatlari oshib ketdi.
E’tiborlisi, Ukraina o‘z tarixida ilk bor Evropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqdi.
Fikrlar