Ukraina prezidenti terma jamoasining g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?

  • 30 iyun, 2021, 12:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat terma jamoasining “Evro-2020” 1/8 final bosqichida Shvetsiya ustidan (2:1) qozongan g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ha-a-a, bu g‘alaba-a-a! Biz Evropa chempionatining 1/4 finalidamiz!!! 121-daqiqada aql bovar qilmaydigan keskinlik, qo‘shimcha vaqtda aqldan ozish va sehrli yakun. Bu juda ajoyib edi! Yigitlar, respekt! Sizlar haqiqiy jangchilarsiz! Ukrainaga shon-sharaf!" – deb yozdi Zelenskiy o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaga g‘alaba keltirgan gollarga Aleksandr Zinchenko (27) va Artyom Dovbik (120) mualliflik qildi.

Andrey Shevchenko boshchiligidagi jamoa endi musobaqaning chorak finalida Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!