Ukraina terma jamoasining yana 6 nafar futbolchisida Covid-19 aniqlandi

  • 17.11.2020 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ukraina terma jamoasidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashmoqda.

Terma jamoa a’zolari hisoblangan Dmitriy Reznik, Evgeniy Makarenko va Eduard Sobolning kecha topshirgan test natijalari musbat chiqdi. Bugun esa, Ruslan Malinovskiy, Sergey Krivtsov va Junior Moraesda ham Covid-19 borligi aniqlandi.

Andrey Shevchenko boshqaruvidagi Ukraina bugun UEFA Millatlar ligasi 6-turida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!