Ukrainalik bokschi Mashhurbekning zarbalariga dosh bera olmadi
Turkiyaning Istanbul shahrida professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Mashhurbek Qambarov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
24 yoshli bokschimiz ushbu jangda ukrainalik Mikola Korenevga qarshi ringga ko‘tarildi. Mashhurbekning metin himoyasi va tezkor zarbalari 44 yoshli Mikolani mag‘lubiyatga uchrashida sabab bo‘ldi.
Shu tariqa Mashhurbek Qambarov faoliyati davomidagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi. U bunga qadar debyut jangida gruziyalik Georgiy Kerdikoshvilini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi jangida ukrainalik Sergey Shevchukni texnik nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishgan.

Fikrlar