Ular hali buyuk klub emas! Buning uchun nima qilish kerak?

  • 17 aprel, 2021, 09:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada ko‘plab kuchli jamoalar mavjud, ammo ularning barchasi ham elitadagi grandlar qatorida tilga olinmaydi. Bunga birinchi sabab, Evropa Chempionlar Ligasida bosh sovrinning klub muzeyida yo‘qligi. Xo‘sh, ayni damda qaysi klublar bu borada omadsiz? Bugun shu haqida so‘z boradi.

Tecno

Uddalay olmagan «Arsenal»

ars_1

Arsen Venger jamoaga kelgach, London klubi Angliyadagi birinchi raqamli kuchga aylana boshladi. Frantsuz qisqa muddat ichida kuchli tarkibni shakllantirdi. Yangi darajaga olib chiqdi. Venger qatorasiga 19 bor jamoasi bilan EChLda ishtirok etdi, ammo uning oltin medallariga ega chiqishni uddalay olmadi. 14 bor pley-offda o‘ynaganiga qaramay, tarkibida Anri, Kempbell, Bergkamp, Vieyra singari ijrochilari bor jamoa bosh sovringacha etib borolmadi.

«Arsenal» sovringa 2006 yilda juda yaqin kelgandi. Finalga qadar «Real» va «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «kanonirlar» hal qiluvchi o‘yinda «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi. «Stad De Frans»dagi oqshom London klubi tarixidagi eng omadsiz kecha bo‘ldi. Yens Lemanning erta qizil kartochka olishi o‘yin kartinasini butkul buzib qo‘ydi. Bir kishi kam bo‘lishiga qaramay, «Arsenal» 76-daqiqaga qadar hisobda oldinda bordi. Keyin 5 daqiqa ichida «Barsa» ikkita gol urib, voqealar rivojini boshqa tomonga burib yubordi. O‘sha finaldan so‘ng, er yuzida Arsen Vengerdan tushkun kayfiyatdagi inson yo‘q edi. Murabbiy o‘z jamoasining eng qudratli tarkibi bilan ham EChLda zafar quchishga muvaffaq bo‘la olmagach, qo‘llarini tushirib yubordi. «Arsenal» esa, boshqa hech qachon 2006 yilgi qudratga ega bo‘lgani yo‘q.

«Atletiko» va uch karra omadsizlik!

fwerfergg

«Arsenal» doimo chempionlarga xos futbol namoyish etgan, ammo «Atletiko» yopiq o‘yin bilan ham EChLda zafar quchishi mumkin edi. Madrid klubi doimo o‘z imkoniyatlaridan maksimum naf chiqarish evaziga kuchli jamoalar irodasini «sindirish»ga o‘rgangan.

Jamoa ilk bor 1974 yilda Evropa chempionlar kubogi finalida to‘p suradi. Luis Aragones «Bavariya» darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasi hisobda oldinga chiqadi, biroq 114-daqiqada urilgan gol ham «Atletiko» Madridga xalqaro sovrinni taqdim eta olmaydi. 120-daqiqada Shvartsenbek hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘yadi. U paytlari penaltilar seriyasi hali futbol qoidalariga kiritilmagan edi. Shu bois, ikkinchi o‘yin belgilanadi. 2 kundan so‘ng, zaxira o‘rindig‘i keng «Bavariya» kamtarin «Atletiko»ni 4:0 natijasi bilan uyiga ravona qiladi.

40 yildan so‘ng, «Atletiko» yana bir bor finalning so‘nggi daqiqalarida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqadi. Serxio Ramos «Real»ni finalda yana 30 daqiqa qolishini o‘z goli bilan ta’minlaydi. Qo‘shimcha bo‘limlarda «Real» 3 gol kiritib, o‘yinga nuqta qo‘yadi. Bundan 40 yil ilgari bo‘lgan voqea yana takrorlanadi. Bir daqiqagina darvozasini himoya qila olmagan jamoa yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraydi.

kfdgoerkgkoreg

2016 yili Madrid klubi yana «Real» bilan finalda to‘qnash keladi. Bu safar Diego Simeone ancha ehtiyotkor bo‘ladi, lekin penaltilar seriyasida omad «Qirollik klubi» tomonida bo‘ladi. Achinarlisi shundaki, «Atletiko» o‘z finallarining birortasida raqibdan kuchsiz to‘p surmagan. Har safar alamli tarzda o‘tkazib yuborilgan gollar sabab, kubokdan mosuvo bo‘lgan. Agar o‘sha finallarda g‘alaba qozonilganida, jamoa muzeyidagi EChL sovrinlari soni «Manchester Yunayted» va «Inter»niki singari 3 tani tashkil etishi aniq edi.

Vaziyatni qo‘ldan boy bergan PSJ

mch2

XXI asrda «boyib» ketgan Parij klubi «Bavariya», «Real» va «Barselona» darajasiga ko‘tarilishga harakat qilmoqda, ammo Evropa chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichida musobaqani tark etmoqda. Arab shayxlarining pullari kelganiga qaramay, bir necha yillar davomida klub tarixidagi eng yaxshi natija 1994/95 yilgi yarim final bo‘lib turdi.

O‘tgan mavsumda jamoa finalga qadar etib bordi. Endi esa, «Bavariya» va «Barselona» singari qudratli klublarni «o‘yindan tashqari holat»da qoldirdi. Pochettino kelgach, jamoaning ichki birinchilikdagi ishlari orqaga ketdi. Shunga qaramay, argentinalikdan hamma xursand. Sababi, u klub oldiga qo‘ygan eng ulkan maqsad - EChL oltin medallari sari dadil qadam tashlamoqda.

«Manchester Siti» yuqoriga intilayotgan harakat

citiy

«Shaharliklar» atigi 11 bor musobaqada ishtirok etgan. Bu zamonaviy grandlar orasidagi eng yomon ko‘rsatgkich. Hozircha, jamoa erishgan eng katta yutuq yarim final bo‘lib turibdi. Pep Gvardiola jamoaga taklif etilgach, ichki frontdagi barcha sovrinlar qo‘lga kiritildi.

Negadir, xalqaro arenadagi eng nufuzli musobaqa - EChL Gvardioladan arazlagan. Aks holda, «Lion», «Monako», «Tottenhem» singari jamoalarni uning shogirdlari bemalol dog‘da qoldirishi lozim. Daraja borasida, «Siti» bu jamoalardan o‘zib ketgan, ammo hal qiluvchi o‘yinlarda so‘nggi zarbalar pand bermoqda.

PSJ bilan to‘qnashuv juda ko‘p voqealarga oydinlik kiritib beradi. "Manchester Siti" uchun Evropa taxtiga ko‘tarilish uchun bundan qulay vaziyat hali bo‘lmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!