Ular Ronaldudan tiz cho‘kib uzr so‘raydi!

  • 20 yanvar, 2023, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Pirs Morgan Angliya Preme-ligasining navbatdagi turida o‘zaro to‘qnash keladigan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” o‘yini oldidan o‘tkir fikrlar bildirdi.

Tecno

- “Arsenal” hali manchesterliklarning ta’zirini beradi. Ana shu mag‘lubiyatdan keyin men ularga jahonning eng yaxshi futbolchisidan voz kechishganini eslatib qo‘yaman.

“Arsenal” chempion bo‘lganida va “Manchester Yunayted” hamma narsadan quruq qolganida Erik ten Xag o‘zi voz kechgan Krishtianu Ronaldu oldida tiz cho‘kib, undan va mendan qilgan hurmatszliklari uchun uzr so‘rasini kutaman, - dedi Morgan.

Xabaringiz bor, Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidan oldin Pirs Morganga intervyu berib, “Manchester Yunayted” rahbariyati va bosh murabbiyini keskin tanqid qilgandi.

Ana shu materialdan keyin klub rahbariyati portugaliyalik yulduz bilan o‘zaro hamkorlikni muddatidan oldin tugatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!