Ular seni bizga bermadi!

  • 20.02.2022 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola orzusidagi hujumchi Harri Keynni transfer qila olmaganini gapirib berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” Angliyaning bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisini so‘rab, “Tottenxem”ga to‘rt marotaba murojaat qilgan. Transfer uchun o‘ta katta mablag‘lar taklif etilganiga qaramay, “Tottenem” prezidenti Deniel Levi hujumchini qo‘yib yuborishni istamadi.

- Keyn transferi bo‘yicha ancha ishladik. Lekin “Tottenxem” bu borada bizga qarshilik qildi, - dedi Xosep Gvardiola.

“Tottenxem” bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma tuzgan Harri Keyn faoliyati sovrinsiz davom etayotganidan norozi bo‘lmoqda. To‘purarning o‘zi ham sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoaga o‘tmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!