Ulug‘bek Baqoev "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yin oldidan hayajonda ekanligini aytdi
Buxoro shahrida bo‘ladigan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvidan oldin har ikki jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ulug‘bek Baqoev: - Avvalo hamangizni chempionat boshlanayotgani bilan tabriklamoqchiman. Barcha jamoalarga omad tilayman. Bu yil superligada 12 ta jamoa ishtirok etadi, o‘ylaymanki barcha o‘yinlar shiddatli va qiziqarli o‘tadi. Muxlislar chiroyli o‘yinlar guvohiga aylanishadi.
Bugun birinchi o‘yin, hammamiz insonmiz, hammada biroz hayajon bor. O‘z uyimizda o‘ynaymiz. Futbolchilarni psixologik jixatdan yaxshi tayoyrlashga harakat qildik. Bitta yo‘qotish bor, Ergash Ismoilov jarohati bois bugun maydonga tusha olmaydi.
Qo‘qon jamoasini yaxshi bilaman, judayam tartibli o‘yin ko‘rsatadigan, yuqori maqsadlarni ko‘zlaydigan jamoa. Ularni bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini ko‘rdik. Jamoa menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bugun og‘ir o‘yin bo‘ladi. Ikkala jamoaga ham omad tilayman. Biz raqibni hurmat qilamiz. Maydonga esa faqat g‘alaba uchun tushamiz.
Bahodir Nasimov: - Hammani futbol bayrami bilan tabriklayman. Maqsadlarimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Bugun ham shu maqsadda maydonga chiqamiz.

Fikrlar