Ulug‘bek Ro‘zimov xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda "Paxtakor" O‘zbekiston termasi bilan kuch sinashdi

  • 28.11.2017 17:40
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" stadionida "Paxtakor" va O‘zbekiston terma jamoalarining marhum himoyachisi Ulug‘bek Ro‘zimov xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

O‘yinda turli yillarda "Paxtakor" va milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilgan sobiq futbolchilar taklif etildi. Shuningdek, bir qator futbol faxriylari va Ulug‘bek Ro‘zimovning oila a’zolari bellashuvga tashrif buyurishdi.

Bellashuv mobaynida muxlislar o‘zbek futbolining sobiq yulduzlari harakatlaridan bahra olish imkoniga ega bo‘lishdi. Uchrashuv 6:4 hisobida "Paxtakor" faxriylari g‘alabasi bilan tugadi. Tanaffus paytida Ulug‘bek Ro‘zimov qo‘l ostida shug‘ullangan "Paxtakor" futbol akademiyasining 2005 yil tarbiyalanuvchilari Bolgariyada shu yilning aprel oyida o‘tkazilgan xalqaro turnirdagi medallar va kubok bilan futbol faxriylari tomonidan taqdirlanishdi.

"Paxtakor" - O‘zbekiston terma jamoasi - 6:4

Hakam: Shuhrat Po‘latov.

Gollar: Irismetov 3, Rahmonqulov, J.Abduraimov, Jalolov - A.Abduraimov 2, Xvostunov, Sh.Maqsudov.

"Paxtakor": Ravshan Rajabov, Oleg Nesterov, Rustam Qurbonboev, Abdumajid Toirov, No‘’mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Ravshan Bozorov, Leonid Koshelev, Stanislav Kudryashov, Ja’far Irismetov, No‘’mon Nurmatov, Sa’dilla Jalolov, Sanjar Maqsudov, Shuhrat Rahmonqulov.

O‘zbekiston terma jamoasi: Aleksey Roshin, Andrey Fyodorov, Abdusamad Do‘rmonov, Rustam Do‘rmonov, Fevzi Davletov, Aleksandr Xvostunov, Azamat Abduraimov, Murod Aliev, Shuhrat Maqsudov, G‘ayrat Odilov, Mahmud Sobirov, Yorqin Nazarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!