
Umar Eshmurodov: Mavsum boshida sovrindorlar qatoriga kirishimizga ishongandim
Bugun 28 yoshini qarshi olgan “Nasaf” sardori Umar Eshmurodov uchun kecha “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alaba uning tug‘ilgan kuniga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Shu bilan birga, “Nasaf” chempionatda rasman ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Eshmurodov sports.uz uchun taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Albatta, “Bunyodkor” bilan qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Ammo ikkinchi o‘rin masalasini oxirgi turga qoldirmaslikni o‘ylagandik. Bu yil og‘ir mavsumni o‘tkazdik. Shunga qaramay, jamoamizdagi yigitlar oxirigacha kurashdi. Buning natijasida chempionat oxiriga borib harakatlarimiz besamar ketmaganini ko‘rib turibmiz.
Mavsum avvalida agar bor kuchimiz bilan harakat qilsak, sovrindorlar qatoriga kirishimizga ishongandim. Aslida ham bizning asosiy maqsadimiz shu edi, - deydi Umar Eshmurodov.
Fikrlar