Umar Kremlyov: "Bivol va Beterbiev trilogiyasi Rossiyada bo‘lib o‘tadi"
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov rossiyalik mashhur bokschilar Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO) va Artur Beterbiev (21-1, 20 KO) o‘rtasidagi ehtimoliy trilogiya haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz Bivol va Beterbiev - oddiy jang emas! Bu butun dunyo boksi uchun tarixiy voqea. Ular Rossiya boks maktabi etishtirgan sportchilardir. Shu bois ushbu trilogiyani aynan Rossiyada o‘tkazishga intilyapmiz. Ayni damda Dmitriy sog‘lig‘ini tiklamoqda, biroq bu vaqtinchalik. Biz jangni o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratdik. Ishonamanki, boks muxlislari bu shouni albatta ko‘rishadi. Saudiya Arabistoni ham uchinchi bahsni Rossiyada o‘tkazishga rozilik bildirgan", — deya so‘zlarini yakunladi IBA rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiev o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuvda Dmitriy hakamlar qaroriga ko‘ra zafar quchgandi.



Fikrlar