Umar Nurmagomedovning UFC promoushenida qachon debyut qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 16.11.2020 13:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov  UFCdagi debyutini 2021 yil boshida o‘tkazadi, deb xabar beradi “TASS” jangchining menejeri Rizvon Magomedovga tayanib...

 Umar Nurmagomedov UFCdagi debyutini yozda o‘tkazishi kerak edi, ammo jang bir necha bor qoldirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning debyuti 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

 “Umar 19 dekabr kuni jang qilmaydi. U 2021 yil boshida oktagonga chiqadi”, - dedi Magomedov.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov faoliyati mobaynida 12 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!