Umid Ahmadjonov “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvini kuzatish uchun Namanganga boradi

  • 10 mart, 2018, 21:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor 17 mart kuni Superliganing 3-turida “Navbahor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladi. 

O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha mazkur o‘yinni kuzatib borish uchun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Namanganga tashrif buyuradi.

O‘yin boshlanishidan avval stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun estradamiz yulduzlari chiqish qiladi. Jumladan, Namangandagi mavsumning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan stadionga keladigan muxlislar uchun sovg‘a sifatida Jasur Umirov, “Bojalar” guruhi va Nilufar Usmonova kuylaydi.

Namangandagi barcha futbol muxlislarini katta futbol bayramiga taklif etamiz. Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvi 17 mart kuni soat 20:00da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!