Umid qilmang, Mbappe va Xoland transferi amalga oshmaydi!
“Arsenal” va “Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Bakari Sanya zamonaviy futbolning eng yorqin to‘purarlari Kilian Mbappe va Erling Xoland hozirda faoliyat yuritayotgan jamoalarini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.
So‘nggi oylarda Evropa nashrlari va ekspertlari Madridning “Real” klubi yangi “Galaktikos” davri doirasida Mbappe va Xolandni birlashtirish g‘oyasini amalga oshirmoqchi ekanini muhokama qilmoqda.
Yaqinda Oddspedia nashriga bergan intervyusida Bakari Sanya frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappening “Real”ni tark etishi va Erling Xolandning keyinchalik “Santyago Bernabeu”ga o‘tish imkoniyati yo‘qligini ta’kidladi.
- Bu transferlar sodir bo‘lmaydi. Kilian Madridda juda baxtiyor va bor e’tiborini “Real”ga qaratgan. Mbappe “Qirollik klubi”da eng muhim sovrinlarni yutishga va chuqur iz qoldirishga qat’iy qaror qilgan. Madrid klubi uchun o‘ynash uning orzusi edi, shuning uchun u hech qanday sharoitda ham “Real”dan ketmaydi.
Erling Xoland ham “Manchester Siti”da juda baxtiyor ko‘rinadi va Angliyada yashashni yoqtiradi. “Real” , shubhasiz, juda jozibali variant, lekin norvegiyalik to‘purar ayni paytda dunyoning eng zo‘r ligasida o‘ynaydi va “Manchester Siti” hamda Pep Gvardiolaning to‘liq hurmatiga ega. U yaqin orada jamoani tark etmoqchi emas, - dedi Bakari Sanya.
Fikrlar