
Umtiti uchun kurashga "Arsenal" ham qo‘shildi
Londonning "Arsenal" klubi mavsumlar oralig‘ida "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitini ijaraga olmoqchi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar tarqatmoqda.
O‘z navbatida kataloniyaliklar ham tez-tez jarohat olayotgan Umtitini sotib yuborishga tayyor. Bundan tashqari, “ko‘k-anor ranglilar” yozda uning pozitsiyasiga “Ayaks”dan Matteys de Ligtni sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Umtiti “Barselona”dan ketmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek "Manchester Yunayted"dan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumning asosiy qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi. U hozircha 10ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar